Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Oʻzbekiston TIV rahbari BMTning mintaqa boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 26 noyabr kuni BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Kaxa Imnadze bilan preventiv diplomatiya va hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

27-noyabr, 14:48По-русски

Read in English

Uchrashuv haqida Saidov Telegramʼda maʼlum qildi. Tomonlar Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini taʼminlashda, shuningdek, davlatlar oʻrtasidagi ishonch va muloqotni mustahkamlashda preventiv diplomatiyaning rolini koʻrib chiqdilar.

Imnadze ayni vaqtda BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markaziga ham rahbarlik qiladi. Ishtirokchilar BMT va uning tuzilmalari bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirish, mavjud hamkorlik mexanizmlaridan samaraliroq foydalanish hamda tinchlikni saqlashga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash zarurligini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar mintaqaviy kun tartibi doirasida aloqalar va birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.