Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentda 2027-yildan chiqindi olib chiqish tariflarini oshirish taklif qilindi

Toshkent shahar kengashining tegishli komissiyasi 25 noyabr kuni 2027-yil uchun yangi tariflar loyihasini maʼqulladi. Endi loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi.

27-noyabr, 14:56По-русски

Read in English

Shutterstock

Toshkentda 25 noyabr kuni shahar kengashining tegishli komissiyasi maishiy chiqindilarni olib chiqish tariflari loyihasini maʼqulladi. Ular 2027-yilda kuchga kirishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasidan soʻng masalani kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish rejalashtirilmoqda.

Aholi uchun oylik toʻlov bir kishi hisobiga QQSsiz 10 ming soʻm, soliq bilan esa 11 200 soʻmni tashkil etadi. Tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish QQSsiz bir kub metr uchun 119 969,79 soʻm miqdorida tariflanishi taklif qilinmoqda. Suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish bir tonna uchun 251 744,65 soʻmni tashkil etadi.

Loyihada, shuningdek, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan tashish, ularni qabul qilish, presslash va utilizatsiya qilish, shuningdek, «Ahangaron» poligonida qabul qilish va koʻmish uchun alohida tariflar nazarda tutilgan.

Poytaxt hokimining birinchi oʻrinbosari, «Mahsustrans» korxonasi va tuman hokimliklariga chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqishni, xizmat koʻrsatish sifatini hamda sanitariya meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash topshirildi.