Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Turkiya federatsiyasi Beşiktaş muxlislari bilan bogʻliq hodisani tekshirishni talab qildi

Turkiya futbol federatsiyasi Gruziyada Beşiktaş va Hapoel uchrashuvida muxlislar bilan Gruziya politsiyasi toʻqnashuvini tekshirishni talab qilmoqda.

27-noyabr, 14:57По-русски

Read in English

sports.ru

Gruziyada Yevropa ligasining Beşiktaş va Hapoel oʻrtasidagi uchrashuvi paytida turk klubi muxlislari bilan politsiya oʻrtasida mojaro yuz berdi. Uchrashuv Beşiktaş foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi, tribunadagi tartibsizliklar sabab esa yarim soatga toʻxtatildi.

Uchrashuv UEFA qaroriga koʻra, neytral maydonda oʻtkazildi. Manbaga koʻra, Beşiktaş muxlislari stadionga Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi bannerni ham olib kirgan.

Turkiya futbol federatsiyasi stadion ichida va tashqarisida klub muxlislariga munosabatni qoraladi. Bayonotda tashkilot vaziyat rivojini kuzatishi, toʻliq tekshiruv oʻtkazilishini, aybdorlar aniqlanishini va sanksiyalar qoʻllanilishini talab qilishi aytilgan.

Federatsiya Beşiktaş va uning muxlislarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi hamda jabrlanganlarning tezroq sogʻayib ketishiga tilak bildirdi. Uning maʼlum qilishicha, zarur choralar milliy va xalqaro darajalarda, jumladan UEFA doirasida ham koʻriladi.