Oʻzbekistonda turistlar, investorlar va tadbirkorlar uchun shaxsiy qoʻriqlash joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qoʻriqlash xizmatlarini kengaytirish rejalari bilan tanishdi. Takliflar orasida turistlar, investorlar va tadbirkorlarni shaxsiy qoʻriqlash ham bor.

Oʻzbekistonda taqdimotda qoʻriqlash faoliyatini raqamlashtirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish choralari taqdim etildi. Shartnomalarni elektron rasmiylashtirish, toʻlovlarni onlayn tekshirish va mobil guruhlarni real vaqt rejimida kuzatish uchun «Raqamli qoʻriqlash» tizimini ishga tushirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, tahdidlarni erta aniqlashda sunʼiy intellektdan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Yangi xizmatlar qatorida turistlar, investorlar va tadbirkorlarni shaxsiy qoʻriqlash, tadbirlarda tartibni saqlash, dronlar yordamida kuzatuv olib borish hamda mavsumiy obyektlarni himoya qilish bor. Turar joylar uchun kuzatuv qurilmalari, virtual SOS tizimi, domofonlar va signal tugmalari koʻzda tutilgan.
Hokimiyat qurilayotgan obyektlardagi qoʻriqlashning texnik vositalariga yagona talablar belgilash va xususiy tashkilotlar imkoniyatlarini kengaytirishni ham taklif qilmoqda. Milliy gvardiyaga qoʻriqlanadigan obyektlar toifalari roʻyxatini 13 tadan 24 tagacha oshirish mumkin.
2027-yilgacha qoʻriqlanadigan obyektlar sonini 600 mingtagacha, mobil tezkor guruhlar sonini esa 800 tagacha yetkazish rejalashtirilmoqda. Qoʻriqlash xizmati xodimlari sonini 8 mingga oshirib, yana 1,5 ming mahallada patrullikni yoʻlga qoʻyish moʻljallangan.



