Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

MotoGPning sakkiz karra chempioni Mark Markes faoliyatini yakunlashini maʼlum qildi

Mark Markes Valensiyadagi poyga MotoGPdagi faoliyatining soʻnggisi boʻlishini aytdi. Ispaniya bosqichi 2027 yilgi chempionatni yakunlaydi.

27-noyabr, 18:17По-русски

Read in English

matchtv.ru

Valensiya Gran-prisining erkin mashgʻuloti vaqtida ispaniyalik sportchi professional sportni tark etishini eʼlon qilgan lavhalarni koʻtardi. Markes ularda faoliyatining bir qismi boʻlgan barchaga minnatdorlik bildirdi va bu uning MotoGPdagi soʻnggi poygasi boʻlishini aytdi.

Chempionatning Portugaliyadagi avvalgi bosqichida 33 yoshli Markes muddatidan oldin sakkizinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Bu koʻrsatkich boʻyicha u yetti marta chempion boʻlgan italiyalik Valentino Rossidan oʻzib ketdi.

Bu yil may oyida Markes Fransiya Gran-prisida avariyaga uchrab, ikki marta operatsiya qilindi. Bir oy oʻtib, u musobaqalarga qaytdi va MotoGPdagi 100-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.