Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

«Inter» himoyachi Karlos Augusto bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi

Milanning «Inter» klubi himoyachi Karlos Augusto bilan shartnomani 2031 yil 30 iyungacha uzaytirdi. Avvalgi kelishuv 2028 yil iyunida tugashi kerak edi.

27-noyabr, 18:58По-русски
championat.com

Milan klubi 27 yoshli braziliyalik futbolchi bilan yangi kelishuv tuzilganini eʼlon qildi. Augusto «Inter» safida 2024 yildan beri toʻp tepmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi A Seriyada 10 ta oʻyinda maydonga tushib, ikki gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.